BAZIS va interaktiv 3D
Mebel modelini aylantiring, o‘lchamlarini ko‘ring, ichki tuzilishini tekshiring. Modelni havola orqali mijozga yuboring.
Loyihadan ishlab chiqarishgacha — mebel konstruktori, usta va mijozni bir loyiha atrofida birlashtiradigan ish muhiti.
ABK Furniture Studio BAZIS-Mebelshchik’da tayyorlangan mebel loyihalarini brauzerda ko‘rish, mijozga taqdim etish va ishlab chiqarish hujjatlarini tayyorlash uchun yaratilgan. Kompyuterda ishlang, model havolasini telefonda oching.
Mebel modelini aylantiring, o‘lchamlarini ko‘ring, ichki tuzilishini tekshiring. Modelni havola orqali mijozga yuboring.
Umumiy ko‘rinish, bloklar, detallar va furnitura ro‘yxatini ko‘ring. Avto chertyoj va qo‘lda joylashtiriladigan loyiha hisobotidan foydalaning.
Material va furnitura narxlarini kiriting, loyiha xarajatlarini hisoblang. Ishlab chiqarish xizmatlarini alohida hisobga oling.
List o‘lchami, material, kesish qalinligi va tekstura yo‘nalishini sozlang. Detallarni listlarga joylashtiring va kesish xaritalarini tayyorlang.
Import qilingan teshik ma’lumotlari, koordinatalar, kromka va detallarni tekshiring. Ishlab chiqarish uchun PDF hujjatlarni chiqaring.
Vazn chegarasini belgilang, detallarni paketlarga taqsimlang. Joylashuvni ko‘ring va har bir paketning ro‘yxatini tayyorlang.
BAZIS ma’lumotlarini batafsil uzatish uchun ExportExact.js orqali olingan .exact.json formatidan foydalanish mumkin. Platformada .b3d, .glb / .gltf, .obj va .wrl fayllarini ochish imkoniyatlari ham bor. Import natijasi faylda mavjud ma’lumotlarga bog‘liq.
Platforma, loyihalar va obuna bo‘yicha savollar uchun Telegram’da @abkmebel profiliga yozing.
Telegram’da bog‘lanish